Trass Bosh vazirlik lavozimini tark etmoqchi emas
Buyuk Britaniya Bosh vaziri Liz Trass hukmron Konservativ partiyadagi bir qator deputatlarning chaqiriqlariga qaramay, iste’foga chiqmasligini ta’kidladi. “Men bu lavozimga mamlakat manfaatlari yo‘lida siyosat olib borish uchun saylanganman.
Biz juda og‘ir kunlarni boshdan kechirmoqdamiz. Biz shunchaki Konservativ partiya haqida gapirib, vaqtni behuda o‘tkaza olmaymiz, aksincha, ishga kirishishimiz kerak. Bu mening mamlakatimga murojaatim”, dedi Bosh vazir Britaniya telekanaliga bergan intervyusida. “Men milliy manfaatlar yo‘lida harakat qilish pozitsiyasida qolaman”. U o‘zi mansub bo‘lgan partiyani 2024 yil oxirigacha, navbatdagi parlament saylovlariga olib borishiga ishonch bildirdi.