Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Trass agar bosh vazir bo‘lsa Tayvanga bormaslikka va’da berdi
11:32 / 2022-08-05

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Liz Trassning bayonot berishicha, agar bosh vazir etib saylansa Tayvanga safar qilmaydi.

Yaqindagina AQSH kongressi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Tayvanga tashrif buyurib, AQSH va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarni keskinlashib ketishiga sabab bo‘lgandi. XXR raisi Si Szinpin AQSHni "o‘t bilan o‘ynashayotganlikda va o‘zi kuyib qolishi mumkinligi" haqida ogohlantirdi. AQSH ma’muriyati esa, Pekinga “yangi Xitoy” siyosatidan qaytmasligini ma’lum qilib, Pelosining tashrifidan o‘zini chetga oldi va spiker qarorni o‘zi qabul qiladi, deb izoh berdi.

Buyuk Britaniyada 20 iyul kuni Konservativ partiyasidan ko‘rsatilgan parlament a’zolarining partiya yetakchisini saylash bo‘yicha ovoz berishning beshinchi davrasi bo‘lib o‘tdi. Partiya yetakchisi o‘z-o‘zidan mamlakat bosh vazir lavozimini ham egallaydi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, saylov poygasi finaliga tashqi ishlar vaziri Liz Trass va sobiq moliya vaziri Rishi Sunak chiqdi.