Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tranzit tashuvlarida ruxsatnoma muddati 90 kun etib belgilanmoqda
14:56 / 2025-04-15

“Maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti to‘g‘risida”gi qonunda tranzit ruxsatnomasini berish yoki uni berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ariza olingan kundan e’tiboran o‘ttiz kundan oshmaydigan muddatda qabul qilinishi, zarur hollarda mazkur muddat uzaytirilishi mumkinligi belgilangan.

Biroq, qonunda bu muddatni uzaytirishga asos bo‘luvchi holatlar va uzaytirilishi mumkin bo‘lgan muddat chegarasi aniq belgilab qo‘yilmagan.

Shundan kelib chiqib, “Maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilib, transport sohasidagi qonunchilik takomillashtirilmoqda.  

Ushbu qonun loyihasi bilan maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitiga ruxsatnoma berish yoki uni berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ariza olingan kundan e’tiboran yigirma kundan oshmaydigan muddatda qabul qilinishi, zarur hollarda mazkur muddat o‘n kungacha uzaytirilishi mumkinligi belgilanmoqda. Maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitiga ruxsatnomaning amal qilish muddatini esa to‘qson kun etib belgilash nazarda tutilmoqda.

Mazkur hujjat Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqilar ekan, deputatlar loyihaning qabul qilinishi logistika tizimini rivojlantirish, tranzit tashuvlar hajmini oshirish hamda qonunchilikdagi bo‘shliqlarni bartaraf etish va transport sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishga xizmat qilishini ta’kidladilar.  

M.Komilova, O‘zA