O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasi tranzit salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha idoralararo kengash faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi tranzit salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha idoralararo kengash to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi O‘zbekiston Respublikasida tranzit tashuvlarini muvofiqlashtiruvchi milliy idora etib belgilandi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi tranzit salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha idoralararo kengashning asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Idoralararo kengash O‘zbekiston Respublikasi tranzit salohiyatini rivojlantirish uchun shaffof, raqobatbardosh muhitni rivojlantirish maqsadida tranzit tartibotlari va bojxona rasmiylashtiruvini soddalashtirish, modernizatsiya qilish hamda standartlashtirish bilan shug‘ullanuvchi idoralararo kollegial organ hisoblanadi.
Idoralararo kengash o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasiniig qarorlari, shuningdek, mazkur Nizom asosida tashkil etadi.
Idoralararo kengashning asosiy vazifalari va funksiyalari quyidagilar hisoblanadi:
milliy transport kommunikatsiyalari orqali tranzit salohiyatini oshirish hamda yo‘l bo‘yi infratuzilmasini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
respublika hududi bo‘ylab o‘tuvchi tranzit yo‘laklarning raqobatbardoshligini oshirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
tranzit bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarni xalqaro normalar va talablarga muvofiqlashtirish, tranzit erkinligi tamoyili asosida tranzit tartibotlarini soddalashtirish bo‘yicha vakolatli davlat organlari va tashkilotlariga ko‘rsatma berish;
Jahon bojxona tashkiloti tavsiyalariga muvofiq tranzit tartib-taomillarini takomillashtirish, tranzit yo‘riqnomalarini tasdiqlash va raqamli texnologiyalardan foydalangan holda, davlat idoralarining tranzit yo‘nalishidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Jahon savdo tashkilotiga a’zo davlatlarning tranzit tashuvlari bilan bog‘liq bo‘lgan murojaatlari, takliflari va so‘rovnomalarini ko‘rib chiqish va a’zo davlatlarni O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan tranzit tartibotlari to‘g‘risida xabardor etib borish.
Ma’lumot uchun, oldinroq, Milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkilotining Savdo tartibotlarini soddalashtirish to‘g‘risidagi bitimi qoidalariga muvofiqlashtirish maqsadida:
Жаҳон savdo tashkilotining Savdo тартиб-taomillarini soddalashtirish тўғрисидаги bitimining 11 - moddasida ҳар bir a’zo давлат tranzit tashuvlarini muvofiqлаштирувчи milliy идорани tayinlashi nazarda tutilgan;
Ўзбекистон Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida transport sohasida davlat бошқарувини samarali tashkil qilish chora-tadbirlari тўғрисида” 2023 yil 14 июндаги PF-94-son Farmoni bilan Ўзбекистон Respublikasi транзит saloxiyatini rivojlantirish бўйича идоралараро kengash tashkil etilgan edi.
O‘zA