Transport sohasi iqtisodiyotning faol va barqaror rivojlanayotgan yo‘nalishlaridan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda mamlakatda transport xizmatlari sohasida barqaror o‘sish qayd etildi. Yil yakuniga kelib, mazkur xizmatlar hajmi 188,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,8 foizga ko‘pdir.
Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keldi — 43,7 mlrd. so‘m. Shuningdek, Samarqand viloyatida 14,6 mlrd. so‘m, Toshkent viloyatida 13,6 mlrd. so‘m hamda Farg‘ona viloyatida 11 mlrd. so‘mlik transport xizmatlari ko‘rsatilgan.
Qolgan hududlardagi ko‘rsatkichlar quyidagicha:
— Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 5,1 mlrd. so‘m
— Andijon viloyati — 8,6 mlrd. so‘m
— Buxoro viloyati — 7,7 mlrd. so‘m
— Jizzax viloyati — 2,6 mlrd. so‘m
— Qashqadaryo viloyati — 7,9 mlrd. so‘m
— Navoiy viloyati — 3,9 mlrd. so‘m
— Namangan viloyati — 6,6 mlrd. so‘m
— Surxondaryo viloyati — 4 mlrd. so‘m
— Sirdaryo viloyati — 1,5 mlrd. so‘m
— Xorazm viloyati — 6,3 mlrd. so‘m
Mutaxassislarning qayd etishicha, transport xizmatlari hajmidagi o‘sish iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasidagi logistika aloqalarining kengayishi va ichki bozor faolligining ortishi bilan izohlanmoqda.
Hamroz Bayanov, O‘zA