Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Transport vositasining identifikatsiya raqamini shakllantirish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi
11:29 / 2025-02-28

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Transport vositasini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga transport vositasining identifikatsiya raqamini shakllantirish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq,  Transport vositasini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga transport vositasining identifikatsiya raqamini shakllantirish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. 

Reglamentda: 

davlat xizmati ko‘rsatilishini O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali tashkil etish; transport vositalarining identifikatsiya raqamining tuzilishi va mazmuni; 

transport vositalarining identifikatsiya raqamini shakllantirish tartibi ko‘rsatib o‘tilgan.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Adliya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi hamkorlikda bir oy muddatda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Reglamentga muvofiq davlat xizmati ko‘rsatishni Davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP orqali joriy etilishini ta’minlaydi. Davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXPda davlat xizmati ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlar ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etadi. 

Ma’lumot uchun: 

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining O‘zbekiston standartlar instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019 yil 14 martdagi 220-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining O‘zbekiston standartlar institutiga transport vositalarini ishlab chiqaruvchilarning xalqaro identifikatsiya kodini berish vazifasi yuklangan edi.

O‘zA