English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Transport vositasini rasmiylashtirishda qo‘llanilgan imtiyoz bekor qilindi
11:13 / 2022-10-31

Tovar-moddiy boyliklarning mamlakatimizga noqonuniy kirib kelishini oldini olish borasida bojxona organlari tomonidan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Chuqursoy” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan xorijdan keltirilgan yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.  

Natijada, transport vositasini “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirish uchun taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasi va unga tegishli hujjatlar transport vositasining ishlab chiqarilgan yili o‘zaro nomuvofiqligi aniqlandi hamda transport vositasini rasmiylashtirish qo‘llanilgan 515 million so‘mlik imtiyoz bekor qilindi.  

Qiymati 831 million so‘mni tashkil etuvchi mazkur transport vositasi vaqtincha saqlovga olinib, hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.  

  

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi  

Axborot xizmati