Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Transport vositalari texnik ko‘rikdan o‘tkazildi
14:51 / 2025-12-09

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9 martdagi “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filialiga qarashli barcha avtotransport vositalari 2025-2026 yillar uchun belgilangan tartibda texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.

Mazkur jarayonda aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berishda uzluksizlik, xavfsizlik va sifatni ta’minlash maqsadida mashinalarning texnik holati hamda ekologik me’yorlarga muvofiqligi atroflicha ko‘riladi. Texnik ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgan transport vositalari belgilangan tartibda foydalanishga ruxsat etildi. 

Bu kabi tadbirlar iste’molchilariga suyultirilgan gaz yetkazib berish hamda tabiiy gaz tarmoqlariga namunali xizmat ko‘rsatish, avariya dispetcherlik xizmatida tezkorlik bilan harakatlanish, qurilish-montaj ishlarini sifatli bajarish jarayonlarida nosozliklarning oldini olish, favqulodda holatlar yuzaga kelish ehtimolini kamaytirishga xizmat qiladi. 

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda Namangan viloyati aholisiga filial tomonidan 158 dona avtotransport vositasi uzluksiz xizmat ko‘rsatmoqda. 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.