Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Transport vaziri O‘zbekiston basketbol federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi
16:06 / 2023-06-15

Bugun, 15 iyun kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston basketbol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi. Unda delegatlarning ovoz berishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri Ilhom Mahkamov O‘zbekiston basketbol federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi.

Tadbirda ishtirok etgan yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov, Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov, tegishli tashkilotlarning rahbarlari, faxriylar basketbolning nafaqat professional, balki ommaviy sportda ham tutgan o‘rni xususida fikrlashdi.  

Ushbu sport turi bilan shug‘ullanish uchun imkoniyatlar ko‘pligi, har bir ta’lim dargohlari va mahallalarda sport maydonlarining mavjudligi, “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqasiga stritbol yo‘nalishining kiritilgani, uning ommaviyligini oshirishda muhim omil bo‘layotgani ta’kidlandi.  

Yig‘ilish davomida basketbol sportini mamlakatimizda yanada ommalashtirish, sportchilarga zarur shart-sharoitlarni yaratish, ichki musobaqalar saviyasini oshirish, terma jamoalarning xalqaro maydondagi ishtirokini ko‘paytirish, mavjud muammolar, ularni bartaraf etish masalalari ko‘rib chiqildi. Dastlabki rejalar belgilab olindi.  

T.Ro‘ziyev, O‘zA