Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Transport va logistika, xavfsizlik tizimlari ko‘rgazmasi (+video)
19:43 / 2025-11-12

11-13 noyabr kunlari “O‘zekspomarkaz” pavilonlarida ikki yirik ko‘rgazma “Transportva logistika - TransLogistica Uzbekistan 2025” 21-xalqaro ko‘rgazmasi va “Umumiy xavfsizlik tizimlari - Securex Uzbekistan 2025” 16-xalqaro ko‘rgazmasi ish boshladi.

Tadbir Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group tomonidan tashkil etildi. O‘zbekistonning Markaziy Osiyo markazida strategik joylashuvi tufayli transport infratuzilmasining rivojlanishi tashqi savdo aloqalarining o‘sishiga yordam beradi va mamlakatning logistika salohiyatini mustahkamlaydi. Transport xizmatlari ishlab chiqarish jarayonlariningsamaradorligini, xomashyo va mahsulotlar yetkazib berilishini ta’minlaydi, eksportimkoniyatlari va investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi.          

Bu yil ko‘rgazma an’anaviy ravishda avtomobil, dengiz, temir yo‘l, multimodal, havo transporti, logistika xizmatlari va ta’minot zanjiri kabi transport sektorining turli sohalarida texnologiyalar, mahsulotlar va yechimlarning keng doirasini namoyish etdi. Faol savdo rivojlanishi, jumladan, elektron tijoratning tez o‘sishi fonida tobora dolzarb bo‘lib borayotgan "Omborlar va ombor texnologiyalari" bo‘limiga alohida e’tibor qaratildi.  

Ko‘rgazmada AQSH, BAA, Belarus, Germaniya, Koreya Respublikasi, Latviya, Pokiston, Rossiya, Turkiya, Xitoy, Shveysariya, Qozog‘iston, Hindiston kabi 14 mamlakatdan 75 ta kompaniya ishtirok etdi.          

Ular qatoriga barcha transport turlari orqali yuk va yo‘lovchi tashishni ta’minlovchi transport kompaniyalari, logistika markazlari, port majmualari, terminallar va omborlar, temir yo‘l markazlari va yuk tashish kompaniyalari ham qo‘shildi. Ko‘rgazma tashrif buyuruvchilarga yuk tashish kompaniyalari va o‘zlarining yuk mashinalari, konteynerlar, temir yo‘l vagonlari, dengiz va havo kemalari, terminallar, omborlar va port infratuzilmasi egalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qilish imkonini beradi. Bu ularga transport va logistika zanjirini qurish uchun ishonchli hamkorlarni topish va qulay hamkorlik shartlari bo‘yicha muzokaralar olib borishga yo‘l ochib beradi.  

“Umumiy xavfsizlik tizimlari - Securex Uzbekistan2025” 16-xalqaro ko‘rgazmasida zamonaviy xavfsizlik tizimlari namoyish etildi. Unda Avstriya, Belarus, Germaniya, Koreya Respublikasi, Polsha, Rossiya, Turkiya, Xitoy, Qozog‘iston kabi 10 tamamlakatdan 139 ta kompaniya ishtirok etdi.  

Bu yil “Securex Uzbekistan” an’anaviy ravishda xavfsizlik, kirish-chiqishni nazorat qilish, elektron xavfsizlik tizimlari, yong‘inga qarshi uskunalar, shaxsiy himoya vositalari, yuqori aniqlikdagi monitoring va videokuzatuv tizimlari, tarmoq yechimlari va integratsiyalashgan qo‘riqlash platformalari kabi sohalarda yangi mahsulotlarni namoyish etdi. Uchuvchisiz uchish apparatlari qo‘llanilishining jadal rivojlanishi hisobga olinsa, dronlarga qarshi mudofaa tizimlari alohida e’tiborni tortdi.  

Xullas mazkur ko‘rgazmalar doirasida forumlar, amaliy uchrashuvlar, shartnomalar imzolash marosimlari ko‘zda tutilgan.  

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/NxNnK-aIhtU" title="Transport va logistika, xavfsizlik tizimlari ko‘rgazmasi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Oybek Davronov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA