Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Transport tizimini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
15:11 / 2024-10-07

Poytaxt hokimligida Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyodagi transport amaliyoti rahbari Shomik Raj Mendiratta va “Toshkent Invest kompaniyasi” AJ boshqaruvi raisi Bahrom Shokirov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar Toshkent shahrida Jahon banki ko‘magida amalga oshirilayotgan dasturlar, transport sohasidagi o‘zaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlari, jumladan, ichki va mintaqaviy transport aloqalarini yaxshilash hamda transport sohasini xususiy moliyalashtirish masalalarini muhokama qildi.   

Shuningdek, yangi yo‘llarni qurish loyihalari uchun investitsiyalarni jalb qilishda Jahon bankining ko‘magini muvofiqlashtirish va jamoat transporti hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlik masalalarida ham kelishuvlarga erishildi.   

Gulnoza Boboyeva, O‘zA