Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Transport sohasida Latviya bilan hamkorlik kengaymoqda
15:47 / 2025-10-03

Mamlakatimizda temir yo‘l, avtomobil tashuvlari, havo aloqasi va port xizmatlari sohasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish orqali yanada keng iqtisodiy imkoniyatlarga erishmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri Ilhom Mahkamov yurtimizga tashrif buyurgan Latviya transport vaziri Atis Shvinka boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi. Latviya temir yo‘llari, Riga, Liyepaya va Ventspils portlari rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar temir yo‘l, avtomobil tashuvlari, havo aloqasi va port xizmatlari sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollarini muhokama etishdi.  

Darhaqiqat, bugungi kunda mamlakatlarimiz o‘rtasida transport sohasidagi strategik hamkorlikni va o‘zaro aloqalarni rivojlantirishning ijobiy dinamikasi ko‘zga tashlanmoqda. Latviya transport vazir Atis Shvinka O‘zbekistonga ilk tashrifi ekanini, maqsadi davlatimiz bilan transport sohasidagi munosabatlarni rivojlantirishning keyingi bosqichlariga kirishishga urinayotganini ta’kidladi.  

Shuningdek, Latviya tomoni aviareyslar sonini ko‘paytirish, yuk tashuvlari hajmini oshirish hamda elektron tijoratni rivojlantirishga qiziqish bildirdi, deyiladi Transport vazirligi ma’lumotida.

O‘zbekiston tomoni esa raqamli transport hujjatlariga o‘tish, avtomobilda yuk tashuvlari uchun ruxsatnoma blankalari sonini ko‘paytirish, tranzit tashuvlari uchun ruxsatnomasiz tizimni joriy etish bilan bog‘liq masalalarni ko‘tardi.  

Transport vaziri Ilhom Mahkamov Sharq – G‘arb hamda janubiy yo‘nalishda xalqaro transport koridorlarini rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlar haqida ma’lumot berdi va Latviya tomonini ushbu yo‘laklar salohiyatini oshirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikda choralar ko‘rishga chaqirdi.

A.RUSTAMOV, O‘zA