Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Transport prokurori xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi yuzasidan ko‘rsatmalar berdi
10:46 / 2024-03-29

O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori Ikrom Narimov transport xizmati ko‘rsatish sohasida qonuniylikni ta’minlash maqsadida doimiy ravishda o‘rganish ishlarini yo‘lga qo‘ygan.

Transport prokurori «Toshkent metropoliteni» davlat unitar korxonasi tomonidan metropolitenning Chilonzor yo‘nalishi Sergeli yer usti qismidagi «Chinor» bekati poyezdlar aylanib olish yo‘lagining 216-218-ustunlari oralig‘ida eksperimental tarzda o‘rnatilayotgan metall konstruksiya va muqobil quyosh energiyasi qurilish obyektida amalga oshirilayotgan ishlarning ahvolini o‘rgandi.

Ma’lumot uchun, mazkur obyektning uzunligi 54 metr, umumiy qiymati 4,700 million so‘m, metall konstruksiya hajmi 750 m2, quyosh panellari quvvati 550-660 vt.ni tashkil etadi.

O‘rganish davomida Sergeli yer usti qismidagi «Chinor» bekati poyezdlar aylanib olish yo‘lagining 216-218-ustunlari oralig‘ida eksperimental tarzda o‘rnatilayotgan metall konstruksiya va muqobil quyosh energiyasi qurilishi obyekti buyurtmachi, pudratchi va boshqa mas’ul xodimlar ishtirokida o‘rganildi.  

Mazkur obyektda xodimlarning mas’uliyatini yanada oshirish, birinchi navbatda, qurilish va xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi yuzasidan mavjud xato va kamchiliklarni bartaraf etish va obyektni sifatli topshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.  

Bundan oldin Transport prokurori M39B «Toshkent xalqa yo‘li» avtomobil yo‘lining 34-36 km. qismi (Temur Malik ko‘chasi)ni rekonstruksiya qilish obyektida amalga oshirilayotgan ishlarning ahvolini o‘rgangan edi.  

O‘rganish davomida avtomobil yo‘li va ko‘prikni rekonstruksiya qilish, obyekt atrofidagi turar va noturar bino inshootlarni ko‘chirish masalasi tegishli mas’ul xodimlar ishtirokida ko‘rib chiqildi.  

Xodimlarining mas’uliyati oshirish, qurilish va xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi, mavjud xato va kamchiliklarni bartaraf etish, o‘z vaqtida va sifatli topshirilishi bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

 

N.Abduraimova, O‘zA