Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Transport nazorati inspeksiyasi faoliyati takomillashtiriladi
15:08 / 2023-12-18

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Qarorda Inspeksiyaning maqomi va faoliyatini tashkil etish asoslari, vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligi hamda transport sohasida qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish belgilab berildi.

Mazkur qaror bilan harakatdagi temir yo‘l tarkibi va infratuzilmasi ob’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti ham tasdiqlandi.

Reglamentda harakatdagi temir yo‘l tarkibi va infratuzilmasi ob’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talablari hamda davlat xizmati ko‘rsatish tartibi.

harakatdagi temir yo‘l tarkibi va infratuzilmasi ob’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ro‘yxatdan qayta o‘tkazish hamda ularga ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma berish tartibi belgilab berilgan.

2024 yil 1 noyabrga qadar harakatdagi temir yo‘l tarkibi va infratuzilmasi ob’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish axborot tizimi ishlab chiqiladi va ishga tushiriladi.

2024 yil 1 dekabrga qadar ushbu tizim Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bilan integratsiya qilinadi hamda YAIDXP orqali davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Qarorga muvofiq, 2026 yil 1 yanvardan belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan harakatdagi temir yo‘l tarkibi va infratuzilmasi ob’ektlaridan foydalanish taqiqlanadi.

O‘zA