AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Transport nazorati inspeksiyasi axborot xizmati rahbari Firdavs Xayriddinov Transport nazorati inspeksiyasiga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlili to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, inspeksiyaga joriy yilning yanvar-aprel oylari davomida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 1009 ta murojaat kelib tushgan. 521 ta murojaat to‘liq qanoatlantirilgan. 325 tasiga tushuntirish berilgan. 65 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha yuborilgan. 16 tasining ko‘rib chiqilishi tugatilgan. 4 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan yoki anonim deb topilgan. Ayni vaqtda 78 ta murojaat o‘rganish jarayonida.
Inspeksiyaga kelib tushgan murojaatlar asosida 700 marotabadan ziyod nazorat va profilaktik tadbirlar o‘tkazilgan. Qoidabuzarlarga qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilgan.
Transport nazorati inspeksiyasi rahbariyati tomonidan hududlarda ko‘tarilgan masalalarni joyida o‘rganib chiqish maqsadida Buxoro va Navoiy viloyatlarida sayyor qabullar o‘tkazildi. Ushbu qabullarda aholi murojaatlari o‘rnatilgan tartibda nazoratga olinib, mas’ullar tomonidan ijrosi to‘liq ta’minlangan.
Sh.Mamaturopova, O‘zA