French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Transport muhandisligi ta’limida innovatsion tajriba o‘rganilmoqda
17:21 / 2026-01-07

Toshkent avtomobil va yo‘llar texnikumi professor-o‘qituvchilari uchun “Transport vositalari muhandisligining dolzarb muammolari va zamonaviy yutuqlari” mavzusida seminar tashkil etildi.

Tadbirda ta’lim jarayonida nazariy bilimlar bilan bir qatorda, amaliy tajribani uyg‘unlashtirish, shuningdek, innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish masalalari tahliliga alohida urg‘u berildi.

Transport muhandisligi sohasi bugungi kunda dolzarb yo‘nalishlardan. Shu sababli, elektromobillar texnologiyasi, ularning texnik imkoniyatlari, qo‘llanilish sohalari va turlari, shu bilan birga, mavjud muammolar hamda ularni hal etish yo‘llari muhim hisoblanadi. Shuningdek, elektromobillarning asosiy tarkibiy qismlari, akkumulyator tizimlari, energiya manbalari ushbu sohada rivojlanish istiqbollarini belgilaydi.

Shundan kelib chiqib, tadbir jarayonida zamonaviy transport texnologiyalarini o‘quv jarayoniga joriy etish, energiya tejamkor yechimlardan foydalanish va ekologik barqarorlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ta’lim muassasalarida aynan shu kabi amaliy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish talabalar va o‘qituvchilarning zamonaviy bilimlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, ularni sohadagi yangiliklar bilan muntazam tanishtirib borishda muhim ekani ta’kidlandi.

Seminar interaktiv formatda o‘tib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob oldi. Shu bilan birga, amaliy tajriba almashish, o‘quv jarayonida qo‘llanilayotgan ilg‘or uslublar yuzasidan fikr almashish imkoniyati yaratildi. Bu esa professor-o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, fan va ta’lim o‘rtasidagi bog‘liqlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Mazkur hamkorlikdagi mahorat darsi oliy ta’lim muassasalari va texnikumlar o‘rtasida ilmiy-uslubiy aloqalarni rivojlantirish, transport sohasi uchun raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash hamda ta’lim tizimiga innovatsion tajriba va zamonaviy bilimlarni izchil joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

N.Ziyodullayeva, O‘zA