Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Transport-logistika markazlari reytingini hisoblash va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
14:37 / 2025-10-10

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Transport-logistika markazlari faoliyati  va tranzit yo‘laklarini rivojlantirish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq: 

Transport-logistika markazlarini zamonaviy texnika va uskunalar bilan jihozlashga doir namunaviy talablar; 

Transport-logistika markazlari reytingini hisoblash va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom; 

O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab avtomobil transportida tranzit harakatlanish uchun mo‘ljallangan yo‘laklarning ro‘yxati; 

O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab temir yo‘l transportida tranzit harakatlanish uchun mo‘ljallangan yo‘laklarning ro‘yxati  tasdiqlandi. 

2025 yil 1 dekabrga qadar tasdiqlangan talablardan kelib chiqib, respublikadagi mavjud transport-logistika markazlari xatlovdan o‘tkaziladi va ularning reyestri yuritilishi yo‘lga qo‘yiladi. 

Zamonaviy texnika va uskunalar bilan jihozlashga doir namunaviy talablarga javob beradigan xalqaro transport-logistika markazlarini Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okean iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining “Quruqlik portlari” to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimi (Bangkok, 2013 yil 1 may) ro‘yxatiga qo‘shish choralari ko‘riladi. 

Уч oy muddatda tegishli ma’lumotlar “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali Transport vazirligining “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimiga integratsiya qilinadi.

O‘zA