Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish forum ishtirokchilari diqqat markazida
18:55 / 2022-03-26

«Transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirishning yangi bosqichi» mavzusidagi davra suhbatida temir yo‘l, havo, avtomobilda yo‘lovchi va yuk tashish tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari, logistika xizmatini modernizatsiya qilish uchun raqamli infratuzilmani rivojlantirish, transport yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish, logistika salohiyatini kengaytirish uchun eng jozibador moliyalashtirish modellarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Tarixiy sivilizatsiya jarayonida Markaziy Osiyo muhim rol o‘ynagan. Bizning mintaqa Buyuk Ipak yo‘lining markaziy bog‘lovchi tuguni, zamonaviy til bilan aytganda logistika markazi vazifasini o‘tagan. Buyuk Ipak yo‘li orqali nafaqat moddiy vositalar, balki nomoddiy boylik – Yevroosiyo xalqlari tajribasi, yutuqlar, fikrlar ham makondan makonga ko‘chgan. bugungi O‘zbekiston esa Markaziy Osiyoning qoq markazida, qulay geografik hududda joylashgan.

– Toshkent xalqaro investitsiya forumining transport platformasi davlat organlari va xususiy kompaniyalar hamkorligini kengaytirish imkoniyatidir, – deydi mamlakatimiz transport vaziri Ilhom Mahkamov. – Forum qatnashchilari bilan transport tizimini rivojlantirish bosqichlariga oid masalani muhokama qilish o‘zaro manfaatli aloqani yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.

Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari jadal rivojlanayotgan, iqtisodiyot izchil o‘sayotgan bir paytda transport-kommunikatsiya tizimini takomillashtirish dolzarblik kasb etmoqda. Respublikamiz Markaziy Osiyoning barcha davlatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniga ega yagona davlat sifatida Xitoy, Yevropa va boshqa davlatlar o‘rtasidagi aloqani kengaytirish uchun yaxshi ko‘prik bo‘la oladi.

Dunyoda kechayotgan globallashuv jarayoni mahalliy transport tizimini xalqaro transport tizimiga integratsiyalashuvini taqozo etadi. IT-yechimlarni faol joriy etish nafaqat unumdorlik va sifatni oshiradi, balki tejamkor faoliyatni ham ta’minlaydi.
Badriddin Obidov, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari:

- Davlatimiz o‘z oldiga yuksak maqsadlar qo‘ygan, keskin rivojlanayotgan davlat. Bu jarayonda yuk tashish samaradorligini oshirish uchun Markaziy Osiyoning barcha davlatlari bilan kuchlarni birlashtirishimiz kerak. Hozir Kobul bilan savdo yo‘lini kengaytirish, Pokiston va Janubi-sharqiy Osiyo bilan savdoni osonlashtirish bo‘yicha jiddiy ish olib borilmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston OTB dasturi doirasida Chimkent, Toshkent, Xo‘jand shaharlari va uch mamlakatning tutash viloyatlari o‘rtasida yangi iqtisodiy yo‘lak yaratish bo‘yicha hamkorlikni davom ettiradi. «Xitoy – Qirg‘iziston - O‘zbekiston» yo‘nalishi yana bir istiqbolli loyiha.

Go‘zal Sattorova,
O‘zA