Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Transport boshqarmasi inspektori xizmat kiyimidagi "Qashqadaryo Respublikasi" yozuviga izoh berildi
13:02 / 2022-12-03

Ijtimoiy tarmoqda Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi inspektori xizmat kiyimidagi "Qashqadaryo Respublikasi" yozuvli rasm tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.

Ushbu holatga Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati rasmiy izoh berdi.  

Ma’lum qilinishicha, yozuv bilan bog‘liq holat tegishli ishchi guruh tomonidan o‘rganilgan. Transport vazirining 2021 yil 29 oktyabrdagi 208-sonli buyrug‘iga asosan, xizmat kiyimi bo‘yicha qator tavsiflar tasdiqlangan bo‘lib, boshqarma inspektori H.J. tomonidan mazkur talablardan biri qo‘pol ravishda buzilgan.  

Shuni hisobga olib, inspektor H.J. ga hamda o‘ziga yuklatilgan vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan bir qator xodimlarga tegishli tartibda intizomiy choralar ko‘rilgan.  

O‘zA