Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Transformatorlar operatsiyasi fosh etildi
15:24 / 2021-12-30

Bojxona organlari tomonidan bojxona chegaralari orqali tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy kirib kelishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Ark buloq” bojxona posti xodimlari bojxona postiga keltirilgan hujjatlarda 15 dona “transformatorning qismlari” deya ko‘rsatilgan tovarlarni belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazishdi. Natijada, qiymati 321,6 million so‘mlik hujjatlardagi tovarlar “transformator qismlari” emas, aslida tayyor transformatorlar ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Navbatdagi shunga o‘xshash holatda esa xorijdan keltirilgan qiymati 426,2 million so‘mni tashkil etuvchi 17 dona transformatorlar bojxona yuk deklaratsiyasi va yo‘l yuk kuzatuv hujjatlarida “yangi” deb ko‘rsatilgan bo‘lsada, aslida muqaddam foydalanishda bo‘lganligi aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 22 avgustdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2019 yil 1 sentyabrdan ilgari foydalanilgan generator uskunalari, kuchlanishni pasaytiruvchi transformatorlar, elektr dvigatellar, shuningdek, energiya samaradorligi D toifadagi energiya sarflovchi uskunalarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish taqiqlangan. Hozirda mazkur holatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

Toshkent shahar bojxona

boshqarmasi Axborot xizmati.