Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Transbaykal aholisi kuchli sovuq tufayli ogohlantirildi
14:17 / 2026-01-20

Trans-Baykal gidrometeorologiya va atrof-muhit monitoringi departamentidan olingan ma’lumotga ko‘ra, 21-23 yanvar kunlari Baykal orti o‘lkasida havo harorati -45 darajagacha tushib, sovuq yanada kuchayishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan tegishli idoralar “Favqulodda ogohlantirish!” e’lon qilgan.

To‘satdan qahraton sovuq kelishi ortidan aholiga issiq kiyim va poyabzal kiyish, sovuqda ko‘p vaqt turmaslik, isinish uchun yaqin atrofdagi do‘kon, turar-joy binolariga kirish joylaridan foydalanish tavsiya etildi. Uyga qaytgach, darhol issiq choy ichmaslik yoki issiq dush qabul qilmaslik lozimligi ham qo‘shimcha qilingan. Boisi, tana harorati keskin o‘zgarishi yurak-qon tomiri tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

G.Sattorova, O‘zA