French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Trampolinchilarimiz jahon chempionatida shohsupaga ko‘tarildi
10:32 / 2025-11-18

Ispaniyaning Pamplona shahrida trampolin bo‘yicha turli yosh toifalarida o‘tkazilgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Jumladan, U14 yosh toifasida batutda mashq bajarishda Sardor Muhammadiyev yakkalik bahslarida kumush medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, juftliklar o‘rtasida Husniddin Rahmoniddinov bilan birgalikda shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi. 11 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi batut bo‘yicha juftlik bellashuvlarida Jahongir Bahodirov va Elshodbek Mamayusupov tandemi bronza medaliga ega chiqdi.

Shuningdek, Jamshidbek Rahimov akrobatik yo‘nalishda 12 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi yakkalik bellashuvlarida bronza medalini qo‘lga kiritdi.  

Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida trampolin bo‘yicha o‘tgan jahon kubogining birinchi bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Mirshohid Hasanboyev hamda Farangiz Ro‘ziyeva mikst dasturida kumush medal bilan taqdirlangan edi.  

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA