Trampolin bo‘yicha mamlakat chempionati
Namanganda bolalar va o‘smirlar, qizlar va yoshlar o‘rtasida ilk marotaba trampolin bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Namanganda bolalar va o‘smirlar, qizlar va yoshlar o‘rtasida ilk marotaba trampolin bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.Musobaqada Andijon, Namangan, Farg‘ona va Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahri vakillari batutda sakrash bo‘yicha yakkalik, akrobatik yo‘lakchadagi mashqlar bo‘yicha imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi.
Toshkent shahri jamoasi birinchi, Farg‘ona viloyati jamoasi ikkinchi va Namangan viloyati jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.