Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Trampning Yaponiyaga tashrifi oldidan noma’lum erkak politsiyaga tahdid qildi
17:18 / 2025-10-27

Yaponiya poytaxti Tokio shahrida politsiya xodimlariga pichoq bilan tahdid qilgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda “Reuters” axborot agentligi. Hodisa kuni kecha AQSH elchixonasi oldida sodir bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, 30 yoshlar atrofidagi erkak ko‘cha patrulini to‘xtatgan va qo‘lidagi oshxona pichog‘ini ko‘rsatib, unga tashlangan.Qoidabuzarni qo‘lga olish vaqtida bir politsiyachi oyog‘idan jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, erkak hozircha na AQSH va Donald Tramp haqidagi savollarga javob bergan.
Politsiya voqea joyini muhrlab, tekshiruv ishlarini boshlagan. 

Ma’lumot o‘rnida: ayni paytda Tramp Osiyo bo‘ylab safarini davom ettirmoqda. U bugun Tokioga keldi va imperator Naruxito bilan uchrashdi. Ertaga Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Yaponiyaga yangi saylangan Bosh vazir Sanae Takaichi bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazadi.

D.Hakimov, O‘zA