Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Trampning yangi rejasi oshkor etildi
20:39 / 2025-07-14

AQSH Prezidenti Donald Tramp Ukrainaga yangi yordam to‘plami ajratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar tarqatdi Amerikaning “CBS News” telekanali o‘z saytida.

“Bu Rossiyaga ogohlantirish sifatida yangrashi mumkin”, deb yozgan nashr.

Oq uy rahbari lavozimga kirishgandan keyin ilk bor shunday choraga murojaat qilishi mumkin.

Gap shundaki, manbalar Trampda hamon Jo Bayden ma’muriyati tomonidan ajratilgan 3,85 milliard dollar saqlanayotganini aytmoqda. Bundan tashqari AQSH Kiyevga o‘tkazish uchun Rossiyaning muzlatilgan 5 milliard dollarga yaqin mablag‘ini musodara qilishni ham o‘ylayapti. Qayd etilishicha, Baydenda ham shunday imkoniyat bo‘lgan, biroq foydalanilmagan.

NBC 4 iyul kuni Kiyevga harbiy yordam to‘xtatilishi Pentagon rahbari Pit Xegsetning bir tomonlama qarori bo‘lganini yozdi.

Keyinchalik CNN Xegset Tramp ma’muriyatini o‘z qaroridan xabardor qilmaganini ta’kidladi. “Associated Press” esa Pentagon qarori Trampni hayratda qoldirganiga e’tibor qaratdi. Keyinroq Amerika yetakchisi Kiyevga harbiy yordamni to‘xtatishga kim ruxsat berganini bilmasligini aytdi.

S.Rahimov, O‘zA