Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Trampning Ukraina bo‘yicha rejasi qisqartirildi (+video)
18:40 / 2025-11-25

AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyati tomonidan taklif qilingan Ukrainada nizoni tugatish bo‘yicha rejasi 28 banddan 19 bandgacha qisqartirildi. Mazkur o‘zgartirish Jenevadagi muzokaralardan so‘ng amalga oshgani aytilmoqda.

Biroq qaysi bandlar rejadan chiqarilganiga aniqlik kiritilmagan. Ta’kidlanishicha,  bandlar soni hali yakuniy kelishilmagan. Rejaning asosini hamon AQSH tomonidan kiritilgan dastlabki taklif tashkil etishi ma’lum qilinadi. 

Yevropa tomonidan kiritilgan takliflar garchi foydali deb talqin qilinsa-da, AQSH o‘zining dastlabki bergan hujjatiga e’tibor qaratishda davom etmoqda, deya yozmoqda “The Washington Post” nashri. 

Jenevada AQSH bilan muzokaralar chog‘ida Ukraina vakili Rustem Umerov Trampning dastlabki rejasi qayta tahrir qilinganini bildirdi. Lekin qanday o‘zgarishlar kiritilganiga ochiqlik kiritilmagan. 

Ukraina prezidenti idorasi maslahatchisi Aleksandr Bevz “Facebook”da yozishicha, 28 banddan iborat reja endi avvalgi ko‘rinishda emas, ba’zi bandlar olib tashlangan, ba’zilari esa o‘zgartirilgan. 

Germaniya kansleri Fridrix Mers Ukraina bo‘yicha o‘z tashabbusini ilgari surib, 28 bandlik rejani bitta bandgacha qisqartirishni taklif qilgan. U “DW”ga bergan intervyusida reja matnidagi “Rossiyaning muzlatilgan aktivlari Ukrainaga investitsiya qilinadi va ushbu investitsiyalardan olingan foydaning yarmi AQSHga tegishli bo‘ladi” degan bandidan noroziligini bildirdi. Kansler buni “tasavvur qilib bo‘lmaydigan holat” deb atagan.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/EDtZONZaFxA?si=PQvu6C3gQK5MkA7R" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

K.Bekjonov, O‘zA