AQSH sobiq rahbari Donald Trampning saylov oldi kampaniyasi shanba kuni kiber hujumga uchragan. Jamoa bu ishda eronlik xakerlar qo‘li borligidan gumonsirayapti.
Hozircha bu haqda aniq dalil keltirmagan bo‘lsa-da, mazkur da’vo “Microsoft” 2024 yil xorijiy agentlarning AQSH saylov kampaniyasiga aralashishga urinishi bo‘yicha hisobot e’lon qilgandan bir kun o‘tib paydo bo‘lgani e’tiborli.
Tramp saylov oldi tashviqoti matbuot kotibi Stiven Chang bu amaliyotda “AQSHga dushman xorijiy manbalar”ni aybladi.
Oq uy Milliy xavfsizlik kengashi (MXK) matbuot kotibi o‘z bayonotida chet davlatlarning noto‘g‘ri aralashuvi haqidagi har qanday hisobot “o‘ta jiddiy” qabul qilinishi, AQSH demokratik institutlariga ishonchni susaytirmoqchi bo‘lgan har qanday hukumat yoki tashkilot qoralanishini bildirgan. Shu bilan birga bu borada Adliya vazirligiga murojaat qilish ma’qulligini ta’kidlagan.
Voqeaga mamlakat Federal tergov byurosi hozircha izoh bergani yo‘q.