Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Trampning Rossiyaga bojlar joriy etish rejasi
08:50 / 2025-07-16

-

Kecha Prezident Donald Tramp agar 50 kun ichida Rossiya va Ukraina o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilmasa, AQSH RF tovarlariga 100 foiz miqdorida boj belgilanishi va Rossiya neftini sotib olgan mamlakatlarga ikkilamchi sanksiya joriy etilishini ma’lum qildi. Ko‘pgina ommvviy axborot vositalari sanksiya qaysi mahsulotlarga tegishliligi haqida turlicha fikr aytmoqda. Masalan, “Washington Post” Oq uy rasmiysiga tayanib, AQSH rejasi Rossiyaning neft, gaz va boshqa energetika resurslari xaridorlariga ta’sir ko‘rsatishini taxmin qilmoqda.

Глаva дипломатии ЕS отреагироvaла на заявление Trampа по Украине

AQSH yetakchisining bu qarori Yevropa Ittifoqini ham hushyor torttirdi. Kutilganidek, Ittifoq diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas Trampning Rossiya – Ukraina mojarosi bo‘yicha kelishuvga erishish uchun muddat qo‘yganini olqishladi. Faqat uning fikricha, 50 kun belgilanishi noto‘g‘ri, chunki bu uzoq muddat.

Kallas jurnalistlar bilan uchrashuvda “Bir tomondan, Tramp Rossiyaga nisbatan qat’iy pozitsiya egallagani ijobiy hol. Boshqa tomondan 50 kun juda uzoq vaqt”, dedi.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Trampning Rossiyaga qarshi sanksiya qo‘llash tahdidiga izoh berarkan, shunday dedi:

– Ta’kidlagan bo‘lardimki, biz uchun eng zaruri – zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish. Bu BMT idoralari rezolyutsiyalari, xalqaro huquq va nizomga asoslangan siyosiy yechimga yo‘l ochadi. Maqsadga yaqinlashtiradigan har bir qadam muhim, albatta. Qachonki, xalqaro huquq normalariga muvofiq amalga oshirilsa.

Mers поддержал инициативу SША по вооружению Украины - РИА Новости,  14.07.2025

Ma’lumki, avvalroq Tramp AQSH va YeI Kiyevga qurol yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishgani, bu jarayonda zarur xarajat Yevropa zimmasiga tushishini aytgan. Ushbu taklifni Germaniya ham qo‘llab-quvvatlamoqda.

– Prezident Tramp muhim tashabbus bilan chiqdi: agar yevropalik hamkorlar moliyalashtirsa, AQSH Ukrainani ko‘p miqdorda qurol-yaroq bilan ta’minlaydi, – dedi Kansler Fridrix Mers. – Mazkur masalani so‘nggi kunlarda Prezident Tramp bilan bir necha marta muhokama qildik. Men uni ishontirib aytdimki,  Germaniya bu borada hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Biz buni o‘z manfaatimiz uchun qilyapmiz. Ayni harakat Ukrainaning Rossiyaga qarshi turish imkoniyatini oshiradi. Bu Moskvaga bosimni kuchaytirishning yagona yo‘li, toki nihoyat tinchlik muzokarasi boshlansa. Oxir-oqibat xavfsizlik sohasidagi hamkorlar sifatida birga harakat qilayotganimizni namoyish etyapmiz. Endi tafsilotga tezda aniqlik kiritamiz. Shu maqsadda hamkorlar bilan aloqa ushlab turamiz.

O‘z navbatida Kreml Ukrainaga qurol yetkazib berish muammoni hal qilishga to‘sqinlik qilib, NATO davlatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojaroga jalb qilayotganini ta’kidlab keladi. Rossiya tomoni fikricha, G‘arb Ukrainani qurol bilan ta’minlab, “o‘t bilan o‘ynashyapti”.

S.Rahimov, O‘zA