Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Trampning pozitsiyasi o‘zgardimi?
11:37 / 2025-10-09

Amerikaning uzoq masofaga uchadigan “Tomahawk” raketalari Kiyevga berilishi ehtimoli Prezident Donald Tramp Ukrainadagi mojaroni kuchaytirish yo‘lidan borayotganidan dalolat, deb yozdi “The Washington Post” gazetasi.

– Agar Tramp Ukrainaga “Tomahawk” sotib olish uchun yashil chiroq yoqsa, ushbu quroldan foydalanishga qanday cheklov qo‘yilishiga qarab, Vashingtonning urushga nisbatan siyosatida sezilarli o‘zgarish yuz berganini bildirishi mumkin, – deyilgan maqolada.

– AQSH rahbari shu paytgacha Rossiya – Ukraina ziddiyatiga barham berish va Rossiya bilan munosabatni me’yoriga keltirishga intilib, avvaliga ikki tomonni o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lishga chaqirdi. So‘ngra Alyaskada Prezident Vladimir Putin bilan uchrashdi. AQSH ma’muriyati Ukrainaga “Tomahawk” sotadimi yo yo‘qmi, hali noma’lum. Garchi, Tramp dushanba kuni, deyarli, bir qarorga kelingani, faqat Kiyev quroldan qanday foydalanishini bilish qolganini aytgan bo‘lsa-da.

Kreml avvalroq voqealar rivoji bunday tus olishiga javoban, bunday raketalar yadroviy quvvatga egaligi bois, endi qarama-qarshilik yanada jiddiylashishi mumkinligini ta’kidlagandi.
“Telegraph” nashri yozishicha, Vladimir Zelenskiy sentyabr o‘rtalarida AQSH Prezidenti bilan uchrashuvda Amerikadan “Tomahawk” so‘ragan.

S.Rahimov, O‘zA