Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Trampning Osiyo bo‘ylab safari davom etmoqda (+video)
16:29 / 2025-10-27

Tailand va Kamboja o‘rtasidagi chegara mojarosidan keyin AQSH Prezidenti Donald Tramp rahbarligida o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi kelishuvni imzoladi. Tramp bu voqeani “tarixiy” debatadi, deb xabar berdi Evronews.

Kelishuvning birinchi bosqichiga ko‘ra, Tailand kambojalik mahbuslarni ozod qiladi, Kamboja esa og‘ir artilleriyani chegaradan olib chiqa boshlaydi. Hududdagi vaziyatni nazorat qilish uchun mintaqaviy kuzatuvchilar joylashtiriladi. “Biz odamlar imkonsiz debhisoblagan ishni amalga oshirdik”, - dedi Tramp.  

<iframe width="1326" height="746" src="https://www.youtube.com/embed/eYIVaNFwq0I" title="Qanday qilib turistik salohiyatni kuchaytirish mumkin?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Kamboja Bosh vaziri Xun Manet esa bu kunni “tarixiy” deb atadi. Tailand Bosh vaziri amalga oshgan kelishuvni “barqaror tinchlikka asos yaratuvchi qadam” deya ta’rifladi. Marosim Tramp Kuala-Lumpurda bo‘lib o‘tayotgan Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi sammitiga kelganidan keyingi ilk tadbir bo‘ldi.  

Bu safar doirasida AQSH Prezidenti Yaponiya va Janubiy Koreyaga ham tashrif buyuradi, Xitoy rahbari Si Szinpin bilan uchrashishi mumkin. Bu voqealar Trampning xalqaro maydondagi tinchlik kelishuvlari tuzuvchi imijini mustahkamlashi kutilmoqda.  

Shu bilan birga ayrim ommaviy axborot vositalari Tramp joriy etgan tariflar xalqaro iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidlamoqda. Qolaversa, AQSHda hukumat faoliyati vaqtincha to‘xtagani uchun demokratlar bilan ziddiyat kuchaygani ham qayd etilyapti. AQSH yetakchisi Kamboja, Tailand va Malayziya bilan iqtisodiy kelishuvlar ham imzoladi.  

Ayrim hujjatlar muhim foydali qazilmalar savdosini kengaytirishga qaratilgan. AQSH Pekinga kamroq bog‘lanib qolishni rejalashtiryapti, chunki XXR yuqori texnologiya sohasi uchun zarur ba’zi xomashyolar eksportini cheklagan.

– Biz haqiqiy sheriklardek ishlashimiz juda muhim, – dedi AQSH savdo vakili Jeymison Grir. – Bu ta’minot zanjiri barqarorligi, xavfsizligini ta’minlashi, xalqlarimiz turmushi sifatini yaxshilashi zarur.

Qayd etish joiz, Tramp dunyodagi eng muhim mintaqalardan biri bilan hamkorlikni qayta tiklamoqda. Prezident birinchi muddati davomida ushbu sammitda faqat bir marta qatnashgan. Bu gal u iqtisodiyoti 3,8 trillion dollar, aholisi 680 million kishidan iborat davlatlar guruhi bilan munosabatni qayta tiklamoqchi.

– Kuchli sherik va do‘st bo‘lishni niyat qilganmiz, – dedi Tramp. – U o‘z hamkasblarini “ajoyib yetakchilar” deb atab,“sizlar qo‘l urgan har bir narsa oltinga aylanadi”, deya ta’rif berdi ularga.  

Mazkur sammit Amerika Prezidentiga Tailand va Kamboja o‘rtasidagi chegara mojarosida vositachilik qilish imkonini ham berdi. Ushbu ikki davlat o‘rtasida vaqti-vaqti bilan ziddiyat yuz berib turadi. Joriy yil iyul oyida besh kun davom etgan jangda o‘nlab odam halok bo‘lgan, yuz minglab kishi ko‘chishga majbur bo‘lgan.  

Ba’zi mutaxassislar fikricha, bu marosim Trampga kameralar oldida urush va mojarolarni tugatayotgan “qahramon” sifatida namoyon bo‘lish, tinchlik yo‘nalishi bo‘yicha “Nobel”mukofotiga nomzodini quvvatlash uchun yangi imkoniyatlar beradi.  

Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim sammit ochilishida Tailand va Kamboja kelishuvini yuqori baholagan. Safar davomida Xitoy bilan savdo urushi ham diqqat markazida bo‘lishi kutilyapti.  

Jurnalistlarga aytganidek, Tramp Si Szinpin bilan bo‘ladigan uchrashuvdan ijobiy natija kutyapti. Shuningdek, u Yaponiya va Janubiy Koreya bilan yangi savdo kelishuvlariga ham umid bildirgan.  

Kuala-Lumpur sammitida Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi ishtirok etmayapti. Ilgari Tramp bilan yaqin munosabatda bo‘lgan Modi so‘nggi vaqtda undan sovugan. Tramp Hindiston va Pokiston mojarosini hal qilgani haqida faxr bilan gapirishi, Dehlining Moskvadan neft xaridi uchun bojni oshirishi hind tomonini norozi qilgan ko‘rinadi.

Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA