Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Trampning “katta va chiroyli” qonun loyihasi (+video)
16:59 / 2025-06-30

Tramp siyosatining kaliti hisoblangan qonun loyihasi soliqlarni kamaytirish va ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirishni qisqartirish edi. Afsuski, bu tashabbus nafaqat demokratlar, balki ayrim respublikachilar tomonidan ham tanqid qilinmoqda.

Shuning uchun mazkur hujjatni qabul qilishda jiddiy qiyinchilik yuzaga kelmoqda.

“Yevronyus” yozishicha, ayni loyiha bo‘yicha ovoz berish jarayoni keskin o‘tgan va uch soatdan ko‘p cho‘zilgan. Hatto, ikkilanayotganlarga ta’sir o‘tkazish uchun vitse-prezident Jey Di Vens Kapitoliyga kelgan. Majlislar zalida boshlangan munozara tashqarida ham davom etgan. Xullas, Kongress yuqori palatasining 51 a’zosi muhokamani boshlash tarafdori, 49 kishi bunga rozi emas. Oxirgi soniyalarda taklifga qarshi ovoz bergan demokratlar safiga ikki respublikachi ham qo‘shilgan. Shunday bo‘lsa-da, Senatda ko‘pchilik o‘ringa ega Tramp partiyasi loyihani 4 iyulgacha qabul qilishdan umidvor. Faqat qabul qilinishi mo‘ljallanayotgan tibbiy sug‘urta va oziq-ovqat yordamini qisqartirish to‘g‘risidagi qonunlar bilan bog‘liq holat jarayonni sekinlashtirishi mumkin.

Norozilik kuchayib borayotgan bo‘lsa-da, respublikachilarning rejasi qat’iy. Ovoz berishdan oldin Oq uy loyiha “qat’iy qo‘llab-quvvatlanishi” haqida bayonot bergan.

Shanba kuni Virjiniyadagi golf maydonchasiga borgan Tramp kechqurun ba’zi ittifoqdoshlarini shu masala bo‘yicha qoraladi. Xususan, Shimoliy Karolinadan saylangan Tom Tillisning tibbiy sug‘urta bilan bog‘liq xarajatni qisqartirish rejasi sabab loyihani qo‘llab-quvvatlay olmasligini bildirgani Donaldga yoqmagan. Senatda aynan Tillis va Rend Pol qarshi ovoz bergan.

Ayni payt Ilon Mask mazkur loyihalarni “butunlay  yaroqsiz va halokatli” deya tanqid qilgan:

– Bu loyihalar Amerikadagi millionlab ish joyini yo‘q qiladi, mamlakatimizga ulkan strategik zarar keltiradi!

Katta, chiroyli qonun loyihasi” yaqin kunlarda muhokama qilinishi va hujjatga tuzatish kiritilishi kutilyapti. Senat ma’qullasa, hujjat oxirgi ovoz berish uchun Vakillar palatasiga qaytarildi, keyin tasdiqlash uchun Oq uyga yuboriladi.

Mazkur qonun qabul qilinsa, 2034 yilga kelib 11 milliondan ziyod amerikalik tibbiy sug‘urtasiz qolishi mumkin. Tramp ma’muriyati  ijtimoiy dasturlar qisqarishidan jamg‘arilgan mablag‘ bilan soliq tushumi kamomadini qoplash umidida. Ba’zi ekspertlar bunday tavakkaldan xavotirga tushmoqda.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/sxrn2AYfa_k" title="Trampning “katta va chiroyli” qonun loyihasi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

K.Bekjonov, O‘zA