Trampning Isroil va Falastin muammosini hal qilishdagi yangi pozitsiyasi ikkala davlat manfaatlarini hisobga oladi
Prezident vazifasini oʻtay boshlaganidan beri birinchi marta Donald Tramp Isroil-Falastin mojarosiga ikki tomonlama yechim topish kerakligini tasdiqladi.
Prezident vazifasini oʻtay boshlaganidan beri birinchi marta Donald Tramp Isroil-Falastin mojarosiga ikki tomonlama yechim topish kerakligini tasdiqladi.Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi yigʻilishida Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu bilan boʻlgan uchrashuvda Trampga uning maʼmuriyati ikki davlat oʻrtasidagi muammolarni yechishda tomonlar manfaatlariga rioya qilishi haqidagi savollar bilan murojaat qilishdi.
“Men albatta ikki davlat tinchligini xohlayman. Bu men uchun eng yaxshi ish boʻladi”- deya javob bergan Qoʻshma Shtatlar Prezidenti.
Tramp shuningdek, Quddusning Isroil poytaxti ekani haqidagi masalaga ham toʻxtalib oʻtgan.
Yaqin Sharqdagi bir necha yillardan beri davom etib kelayotgan muammoli vaziyatlar odilona hal etilishi va bu yerda joylashgan mamlakatlarning oʻzaro tinchligiga erishish misli koʻrilmagan ijobiy ish boʻladi.
Falastin va Isroil oʻrtasidagi tinchlik nafaqat ikki davlat balki, butun dunyo hamjamiyati uchun ham foydali hisoblanadi.