Trampning immigratsiya siyosati reytingiga ta’sir ko‘rsatdi
AQSH Prezidenti Donald Trampning ommaviy qo‘llab-quvvatlanish darajasi keskin immigratsiya siyosati natijasida 38 foizga tushgan. Bu haqda "Reuters" xabar tarqatdi.
So‘rov natijasiga ko‘ra, amerikaliklarning aksari chegara nazorati va mamlakatdan chiqarib yuborish amaliyotini kuchaytirish, muhojirlar huquqini cheklash kabi qarorlarni ma’qullamaydi. Mutaxassislar esa bunday siyosat inson huquqi tizimi hamda iqtisodiyot va mehnat bozoriga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Tramp tarafdorlari esa immigratsiya siyosati milliy xavfsizlikni mustahkamlash, noqonuniy migratsiyani kamaytirish uchun zarur, deb hisoblaydi. Binobarin, umumiy reyting pasayishi mazkur masala AQSH jamiyatida keskin bahsga sabab bo‘layotganidan darak bermoqda.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA