“Reuters” agentligi xabar berishicha, AQSH Prezidenti Donald Tramp tashabbusi bilan tuzilgan G‘azo tinchlik rejasini amalga oshirish bo‘yicha muzokara Yaqin Sharqda kuchayib borayotgan mojaro tufayli to‘xtatildi.
AQSH va Isroilning 28-fevralda boshlangan Eronga qarshi urushi ta’sirida Falastinning notinch sektori bilan bog‘liq qurolsizlanish jarayoni va HAMAS bilan muloqotni to‘xtatdi. Aslida Trampning G‘azodagi urushni tugatish tashabbusi muhim edi.
- Mintaqadagi vaziyat ortidan ba’zi safarlar bekor qilinganiga qaramay, muzokara davom etyapti, - dedi Tramp va tinchlik missiyasi o‘z kuchida ekanini qo‘shimcha qildi. Afsuski, manbalar ta’kidlashicha, kechikish HAMASni afv evaziga qisman qurolsizlantirishni ko‘zda tutgan asosiy tinchlik rejasiga putur yetkazishi mumkin. Bundan tashqari Eron bilan urush tinchlik sa’y-harakatiga tahdidni ham kuchaytirdi.
- Faqat Tramp ma’muriyatining doimiy e’tiborigina mazkur reja muvaffaqiyatini ta’minlashi mumkin, - degan fikrda mutaxassislar.
S.Rahimov, O‘zA