Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Trampga rasman prezidentlikka nomzod maqomi berildi
08:28 / 2020-08-25

Vitse-prezident lavozimiga esa Trampning hozirgi paytdagi yordamchisi Maykl Pens nomzodi tasdiqlandi.


AQSH Respublikachilar partiyasi syezdi mamlakatning amaldagi rahbari Donald Trampga boʻlajak saylovlarda rasman prezidentlikka nomzod maqomini berdi.

Vitse-prezident lavozimiga esa Trampning hozirgi paytdagi yordamchisi Maykl Pens nomzodi tasdiqlandi. Noyabrda boʻlib oʻtadigan davlat rahbarligiga saylovlarda Tramp demokratik partiya nomzodi, sobiq vitse-prezident Jozef Bayden bilan kurash olib boradi. “rosbalt.ru” xabariga qaraganda, amaldagi Prezidentning partiyasi oʻz syezdini Shimoliy Karolina shtatidagi Sharlott shahrida oʻtkazmoqda, unda rejadagidan farqli oʻlaroq Trampning oʻzi ham ishtirok etgan.