Trampga ishonmaydigan amerikaliklar soni ortmoqda
“Emerson College Polling” tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, amerikaliklarning 40 foizdan ortig‘i AQSH prezidenti Donald Tramp tomonidan aytilgan ma’lumotlarni ishonchli deb hisoblamaydi.
Ta’kidlanishicha, respondentlarning 26 foizi Tramp taqdim etayotgan ma’lumotlarni ishonchli deb hisoblasa, 42,3 foizi Qo‘shma Shtatlar yetakchisining gaplariga umuman ishonmaydi.
Donald Trampning prezidentlik faoliyati bo‘yicha yana bir nufuzli tashkilot – “Gallup” kompaniyasi ham tez-tez so‘rov o‘tkazib turadi. Unga ko‘ra, Trampning lavozimini ma’qullash reytingi 37 foizga tushib, 2025 yil yanvarida ikkinchi prezidentlik muddati boshlanganidan beri eng past ko‘rsatkichga yetdi.
S.Rahimov, O‘zA