Tramp Zelenskiyni ayblab chiqdi
Ayrim xorijiy ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga so‘ngi yirik hujumi ortidan 35 kishi halok bo‘lib, 117 kishi yaralangan. Mazkur voqea ortidan Donald Tramp Vladimir Zelenskiy va Vladimir Putinni tanqid ostiga oldi. Bu haqda BBC ma’lum qildi.
AQSH yetakchisi aytishicha, Ukraina va RF rahbari “minglab odam halok bo‘layotgan” mazkur urushda tengma-teng aybdor.
U avvalroq Rossiyaning hujumi xato bo‘lganini aytgandi.
– Uch kishi tufayli shuncha qurbon, – dedi Tramp. – Avvalo Putin, qolaversa nima qilayotganini bilmaydigan Bayden va Zelenskiy.
Zelenskiyning malakasiga shubha qilarkan, Donald Ukraina yetakchisi “faqat raketa sotib olish bilan bandligi”ni ta’kidlagan.
– Ushbu mojaro ildizi o‘n yildan ko‘p ortga, ya’ni 2014 yilga – Ukrainaning rossiyaparast Prezidenti hokimiyatdan ag‘darilgan davrga borib taqaladi, – deya xulosa qilgan Tramp. – Keyin Rossiya Qrimni anneksiya qilib, mamlakat sharqidagi qonli jangda isyonchilarni qo‘llab-quvvatladi.
Musulmon Ziyo, O‘zA