English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp: Zelenskiy AQSH prezidenti saylovida Demokratik partiyani yoqlaydi
19:20 / 2024-09-25

AQSH sobiq rahbari Donald Tramp fikricha, Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy AQSHda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida Demokratik partiyani qo‘llab-quvvatlaydi.

Amerika matbuoti xabarlariga ko‘ra, Tramp Pensilvaniyadagi mitingda so‘zlagan nutqida “Zelenskiy bu saylovda demokrat g‘alaba qozonishini istaydi”, degan. U kinoya bilan “AQSHdan milliardlab dollar yordam oladigan Zelenskiy “tarixdagi eng buyuk marketolog” dedi va “har gal mamlakatimizga kelganda 60 milliard dollar undiradi”, deya qo‘shimcha qildi.

Tramp urushni to‘xtatish yo‘li borligi, agar o‘zi prezidentlik lavozimini egallasa, Moskva va Kiyev o‘rtasida tinchlik bitimi tuzilishi mumkinligini aytdi.