Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp Yevropani Ukrainaga ko‘proq xarajat qilishga chaqirdi
11:53 / 2024-03-14

Sobiq Prezident Donald Tramp fikricha, Yevropa Ukrainani moliyalashtirish uchun ko‘proq xarajat qilishi, ya’ni AQSH qancha mablag‘ ajratsa Yevropa ham shuncha berishi kerak.

“Hozirgi vaziyat AQSHga nisbatan adolatsizlikdir”, dedi u “Newsmax” telekanaliga intervyu berarkan.

Muxbir Trampdan “Agar prezidentlikka saylansangiz, Ukrainani moliyalashtirish qisqarishi mumkinmi?”, deya so‘ragan.

– Yevropa kam xarajat qilmoqda, – degan sobiq prezident. – AQSH qancha mablag‘ ajratsa, Yevropa mamlakatlari ham, bir bo‘lib, shuncha sarflashi kerak. Ular bizdan ko‘ra ko‘proq xavf ostida. Yevropa Ukrainaga taxminan 100 milliard dollar kam sarflayapti. Bu Amerikaga, soliq to‘lovchilarimizga nisbatan adolatsizlik.

Tramp avval ham, agar saylovda g‘alaba qozonsa, 2025-yil iyunda NATO sammitini chaqirib, Alyans kelajagini muhokama qilish niyatida ekanini ma’lum qilgan.