English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp Yevropaga AQSHning NATOdagi hal qiluvchi rolini eslatdi
15:31 / 2026-01-08

AQSH Prezidenti Donald Tramp Vashingtonning Shimoliy Atlantika alyansidagi o‘rni haqida keskin bayonot berib, uning bosimi tufayli NATO davlatlari mudofaa xarajatini oshirishga majbur bo‘lganini ta’kidladi.

Amerika yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, u lavozimga kirishgunga qadar aksariyat ittifoqchilar mudofaa byudjetini, hatto, yalpi ichki mahsulotning 2 foizigacha ham ko‘tarmagani, hozir esa o‘zining talabi bilan harbiy xarajat ushbu miqdorning 5 foiziga oshirilgani, to‘lovlar darhol amalga oshirilganiga e’tibor qaratgan.

Tramp fikricha, "AQSH ishtirokisiz Rossiya butun Ukrainani bosib olgan bo‘lardi". Bundan tashqari u “sakkizta urushni yakka o‘zi tugatgani, shu orqali millionlab odamlar hayotini saqlab qolgani”ni da’vo qildi.                                                                                    U NATOning zarurat tug‘ilganda Qo‘shma Shtatlarni himoya qilish qobiliyatiga shubha bildirib, Rossiya va Xitoy “AQSHsiz ittifoqdan qo‘rqmasligi”ga urg‘u berdi. So‘zi yakunida ittifoqchilar Qo‘shma Shtatlarni qo‘llab-quvvatlamasa ham Vashington NATOni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini qo‘shimcha qildi.

Bu bayonotlar AQSH va ko‘hna qit’a davlatlari munosabatida keskinlik kuchayganini bildiradi. Avvalroq Yevropa yetakchilari Vashingtonni tahdid qilish emas, hamkorlik qilishga chaqiruvchi bayonot bergan. Keyinchalik Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen Grenlandiya tufayli AQSH NATO mamlakatiga bosim o‘tkazishi xalqaro tartibga zidligi va bunday amaliyot Alyans yemirilishiga olib kelishidan ogohlantirgandi.

S.Rahimov, O‘zA