AQSH Prezidenti Nyu-York meri saylovi chog‘i kutilmaganda sobiq gubernator Endryu Suomoni qo‘llab-quvvatladi. Uning aytishicha, “kommunist” sifatida tanqid qilinayotgan demokrat-sotsialist Zuhron Mamdaniy shaharni boshqarishga yaramaydi.
– Xohlaysizmi, yo‘qmi, Suomoga ovoz berishdan boshqa yo‘l yo‘q, – degan Tramp. – U Suomoga nisbatan iliq munosabatda bo‘lmasa-da, Mamdaniy bilan taqqoslaganda “yagona imkoniyat” deb atagandi.
So‘nggi so‘rovda demokratlar nomzodi peshqadam, raqibi esa mustaqil da’vogar sifatida ortda qolgan. Respublikachilar nomzodi Kertis Sliva esa reytinglarda uchinchi o‘rinda qayd qilingan edi.
Tramp hatto Nyu-Yorkka federal mablag‘ ajratilishi masalasini ham Zuhron shaxsiga bog‘ladi. “Kommunist boshqarayotgan shaharga pul berish – mablag‘ni zoye ketkazish,” dedi u.
Mamdaniy o‘zini “demokrat-sotsialist” deb ataydi va kommunistligi haqidagi ayblovni inkor etadi. U Suomoni Trampning “siyosiy soyasi” deya tanqid qilgan: City Hall' Trampning nusxasiga emas, muqobil yo‘lga ega bo‘lishi kerak.
Binobarin, Suomo ham o‘zini Prezidentga qarshi tajribali siyosatchi sifatida ko‘rsatmoqda: Men Tramp bilan kurashganman va Nyu-York uchun yana kurashaman.
Darhaqiqat, Nyu-Yorkka mer saylash poygasida siyosiy ziddiyat avjiga chiqdi, Trampning qo‘llab-quvvatlovi esa saylov oldi vaziyatni yanada qizitdi. Eslatib o‘tamiz, saylovda baribir Mamdaniy g‘alaba qozondi.
Musulmon Ziyo, O‘zA