Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp: Yashiradigan sirimiz yo‘q!
11:33 / 2025-11-17

AQSH Prezidenti Donald Tramp ilk bor Epshteyn fayllari to‘liq e’lon qilinishini qo‘llab-quvvatladi. Bu avvalgi, ma’lumotlar oshkor qilinishi cheklangan yondashuvga nisbatan keskin burilishdir.

Vakillar palatasi shu hafta “Epstein Files Transparency Act” bo‘yicha ovoz beradi. Qonun qabul qilinsa, Adliya vazirligi Jeffri Epshteyn bilan bog‘liq barcha maxfiy bo‘lmagan hujjatlar - yozishma, bank almashinuvi, tergov materiali, rasmiy xat va 20 yil davomida yig‘ilgan federal ma’lumotlarni ommaga taqdim etishi shart.

Mazkur fayllar Epshteynning siyosatchi, biznesmen va mashhur shaxslar bilan munosabati, shuningdek federal tergov qanday yuritilgani haqida xulosa berishi mumkin. Shuning uchun ham jarayon jamoatchilik va siyosiy maydon uchun juda muhim.

Oxirgi haftalarda demokratlar Epshteyn va Gislayn Maksvellning Tramp haqida yozishgan xatlaridan iborat bir necha elektron yozishma matnini e’lon qildi. Bunga javoban respublikachilar 20 000 sahifalik hujjat to‘plamini tarqatib, asosiy raqobatchilarini “tanlab olingan materiallar bilan siyosiy narrativ yaratyapti”, deya aybladi.

Trampning qarashi keskin o‘zgarishi — partiya ichida yuzaga kelgan bosim tufayli sodir bo‘ldi: 100 ga yaqin respublikachi fayllarni ochiqlash tarafdori ekanini bildirmoqda. Qolaversa, Epshteyn qurbonlari va ularning oilalari ham Kongressga murojaat qilib, to‘liq oshkoralik talab qilmoqda. Ayni holat ovoz berish chog‘ida kuchli axloqiy bosimni yuzaga keltiryapti.

Musulmon Ziyo, O‘zA