Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp Yaponiyaga kuchli tarif bilan tahdid qildi
11:16 / 2025-07-02

AQSH Prezidenti kelasi hafta ikki davlat o‘rtasida kelishuvga erishilmasa, Yaponiyaga 30 yoki 35 foiz boj joriy etishini da’vo qildi, deb yozdi BBC.

Bu Donald Tramp 2 aprel - "Ozodlik kuni" doirasida butun dunyo bo‘ylab import boji to‘lanishi e’lon qilingan payt Yaponiyaga qo‘yilgan 24 foizlik soliqdan ancha yuqori ko‘rsatkich.

Keyinchalik hamkor davlatlarga Vashington bilan bitim tuzish uchun imkon berish maqsadida tariflar 90 kun davomida 10 foizgacha tushirildi. Mazkur “tinish” jarayoni 9 iyulda tugaydi. Tramp bu muddat uzaytirmasligini ma’lum qilgan.

Tokio vaziyatga aniq izoh bermagan:

– Biz Trampning gapidan xabardormiz, ammo AQSH hukumati amaldorlari aytgan har bir so‘zga izoh bermaymiz, – dedi mamlakat Vazirlar Mahkamasi Bosh kotibi o‘rinbosari Kazuxiko Aoki.

Ko‘plab mamlakatlar singari Yaponiyaning AQSHga eksporti salmoqli qismi hozir 10 foiz yig‘imga duch keladi. Bundan tashqari yapon avtomobillari va ehtiyot qismlari uchun 25 foiz import solig‘i mavjud, po‘lat va alyuminiyga esa 50 foiz tarif qo‘llanadi.

Musulmon Ziyo, O‘zA