Tramp yangi yadroviy qurolsizlanish shartnomasi tarafdori
Prezident Donald Tramp strategik yadroviy qurollarni cheklash bo‘yicha yangi xalqaro kelishuv ishlab chiqish zarurligini aytdi. Ushbu bayonot AQSH va Rossiya o‘rtasida strategik hujum qurollarini cheklash to‘g‘risidagi shartnoma, SNV-3 (New START) amal qilish muddati tugagan kuniyangragan.
DW nashri yozishicha, Tramp amaldagi mazkur shartnoma Amerika manfaatiga to‘liq javob bermaganini ta’kidlagan.
– “New START” AQSH uchun noma’qul kelishuv, – deb yozgan u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. – Bu hujjatni uzaytirish emas, balki yadroviy masala bo‘yicha mutaxassislarga yangi, takomillashtirilgan va uzoq muddatga mo‘ljallangan shartnoma ishlab chiqish vazifasini yuklashimiz kerak.
Qo‘shma Shtatlar yetakchisi yangi shartnomaga boshqa yirik yadroviy davlatlar, jumladan Xitoyni ham jalb etish maqsadga muvofiqligini qo‘shimcha qilgan.
D.Hakimov, O‘zA