AQSH Prezidenti Donald Tramp 1 million dollar to‘lashga tayyor xorijliklar uchun tezkor rasmiylashtiriladigan yangi viza toifasini yaratish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Oq uy shtabi kotibi Uill Sharf marosim chog‘ida tushuntirishicha, bunday buyurtma “Oltin karta” deb nomlanadi va mamlakat g‘aznachiligini boyitadigan “favqulodda qobiliyatga ega” chet elliklarga mo‘ljallangan. Hujjat kompaniyalarga 2 million dollar to‘lov evaziga xorijliklar kirishi uchun homiylik qilish imkonini ham beradi.
Shuningdek, Tramp yuqori malakali mutaxassislar uchun “H-1B” ish vizasi badalini 100 ming dollargacha oshirdi.
Demak, 2025 yil 21 sentyabrdan boshlab, agar 100 000 dollar to‘lanmasa, bunday viza uchun bir yillik cheklov qo‘yiladi.
Darvoqe, xodimlar ushbu turdagi viza uchun lotereya natijasi yakunlangandan keyin cheklovni davom ettirish yoki olib tashlash maqsadga muvofiqligi haqida Trampga hisobot berishlari kerak.
S.Rahimov, O‘zA