Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp Xitoyning harbiy qudratini tilga oldi
14:00 / 2025-11-18

AQSH prezidenti Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy Qo‘shma Shtatlar bilan savdodan tushgan foyda hisobiga o‘z qurolli kuchlarini kuchaytirishga muvaffaq bo‘lgan.

Ma’lumki, joriy yilning 30 oktyabr kuni XXR rahbari Si Szinpin va AQSH yetakchisi Donald Tramp Janubiy Koreyaning Pusan shahridagi Kimxe aviabazasida uchrashgan edi.

Uchrashuvdan so‘ng tomonlar bir yil davom etadigan savdo kelishuviga erishdi. Xususan, Qo‘shma Shtatlar Xitoy tovarlariga tariflarni 57 foizdan 47 foizgacha, fentanil tariflarini esa 20 foizdan 10 foizgacha kamaytirdi. 

Bundan tashqari, Xitoy lideri Amerika qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olishga ruxsat berdi. Shuningdek, rasmiy Pekin noyob yer osti ma’danlarini bepul yetkazib berishni davom ettirishga rozi bo‘ldi.

S.Rahimov, O‘zA