Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp Xitoy mahsulotlariga 125 foiz boj joriy qildi
12:53 / 2025-04-10

Donald Tramp 75 davlat uchun yuqori miqdorda belgilangan bojni 90 kunga to‘xtatib turishga qaror qildi. Binobarin, bu chora Xitoyga tegishli emas.

“Kazinform” yozishicha, hozircha AQSHga qarshi hech qanday javob chorasini ko‘rmagan ushbu mamlakatlar savdo to‘siqlari va tariflar bilan bog‘liq masalani muhokama qilish uchun Qo‘shma Shtatlar vakillari, jumladan Savdo vazirligiga murojaat qilgan.

– 90 kun tinish olish, ya’ni sezilarli darajada pasaytirilgan 10 foizlik o‘zaro tarifni saqlashga ruxsat berdik, – deb yozgan Amerika yetakchisi ijtimoiy tarmoq orqali. – Bu qaror darhol kuchga kiradi. Xitoyning jahon bozoriga hurmatsizligidan kelib chiqib, bu mamlakatga nisbatan belgilanadigan tarifni darhol kuchga kiradigan tarzda 125 foizga oshiryapmiz. Umid qilamanki, tez orada Xitoy AQSH va boshqa davlatlar bilan savdo munosabati olib borishning bunday yo‘li barqaror va maqbul emasligini tushunadi.

Avvalroq Xitoy AQSH mahsulotlariga bojni 84 foizgacha oshirayotgani haqida xabar berilgan edi. Bundan tashqari Xitoy AQSHning boj siyosati bo‘yicha JST bilan muzokara jarayonini ham boshladi.

G.Satttorova, O‘zA