AQSH prezidenti Donald Tramp matbuot anjumanida Maduroni qo‘lga olish operatsiyasi haqida ma’lum qildi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, Venesuela “xavfsiz va qonuniy vakolatli hukumat o‘rnatilguniga qadar” AQSH boshqaruvida qoladi. Tramp Matbuot anjumani itirokchilariga Nikolas Maduroning AQSH harbiy kemasida Nyu-Yorkka olib kelinayotgan holatdagi fotosuratini jamoatchilikka namoyish qildi.
AQSH Adliya vazirligi Nikolas Maduro, uning xotini va o‘g‘liga qarshi yangi ayblovlar e’lon qildi. Hujjatda Maduro va uning hamkorlari o‘z manfaatlari uchun Venesuelani “korrupsiya va narkotrafik maydoni”ga aylantirgani aytilgan.
• Ular pora olish va giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishida yo‘llar xavfsizligini ta’minlashgan.
• Yuzlab va minglab tonna kokain tayyorlash va yetkazish bilan shug‘ullanishgan.
• Giyohvand moddalarni samolyotlar, kemalar va konteynerlar orqali tashishgan.
• Diplomatik pasportlar, prezident inshootlari va harbiy aerodromlardan foydalanishgan.
• Terroristlar uchun moliyaviy va qurolli yordam ko‘rsattshgan.
• Qurolli tuzilmalar tashkil etishgan, qotilliklar, o‘g‘irliklar va zo‘ravonliklar bo‘yicha buyruqlar bergan.
Maduro va ayolini Nyu-Yorkning Janubiy okrugida sud qilinishi kutilmoqda. Ushbu jinoyatlar sudda isbotlansa o‘lim jazosi ham qo‘llanishi ham mumkin.
Trampning aytishicha, operatsiya vaqtida amerikaliklardan qurbonlar bo‘lmagan, hech qanday amerika texnikasiga shikast yetmagan.
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish esa AQSHning bu operatsiyasini xalqaro huquqning buzilishi deb baholadi va barcha tomonlarni tinch va demokratik jarayonga chaqirdi.
AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Maduroni “noqonuniy prezident va giyohvand moddalar bilan shug‘ullanuvchi guruh rahbari” deb atadi.
Demokratik partiya senatorlari Trampning harakatlarini keskin tanqid qildi. Ular Kongress qo‘llovisiz AQSHning harbiy harakat qilishini noqonuniy, xavfli va noto‘g‘ri deb bayonot berdi.
Shuningdek, AQSH Venesuelada neft infratuzilmasini tiklashni rejalashtirmoqda. Chunki, Tramp Venesuelada neft sohasini tiklash va uni samarali boshqarish bo‘yicha rejalarini ma’lum qildi. Uning aytishicha, hozirgi neft chiqarish darajasi Venesuelaning haqiqiy imkoniyatlari bilan solishtirganda judayam kam. Tramp Venesueladagi neft infratuzilmasini to‘liq ta’mirlash va tiklash uchun kerak bo‘ladigan milliardlab dollar xarajatlarini neft korporatsiyalari to‘lashini bildirgan.
Kenja Bekjanov, O‘zA