French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp Venesuelada maxfiy amaliyot o‘tkazishga ruxsat berganini tasdiqladi
16:03 / 2025-10-16

AQSH Prezidenti Donald Tramp Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB)ga Venesuelada maxfiy amaliyot o‘tkazish uchun ruxsat berganini tasdiqladi. Bu haqda “The New York Times” nashri e’lon qilgan ma’lumot Karakasning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi.

Oq uydagi matbuot anjumanida Tramp mintaqadagi giyohvandlik tarmoqlariga qarshi kurash kuchaytirilishi rejalashtirilganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat hozir “dengizdan tashqari quruqlikda ham amaliyot boshlash masalasini ko‘rib chiqyapti.

So‘nggi haftalarda AQSH Karib dengizi hududida giyohvand moddalar tashiydi, deya gumon qilingan kema va qayiqlarga kamida besh marta zarba bergan. Oqibatda 27 kishi halok bo‘lgan. BMT ison huquqi bo‘yicha ekspertlari bu voqeani “sudsiz qatl” sifatida baholagan.

Vashington mintaqaga sakkiz harbiy mashina – yadroviy zimdan harakatlanuvchi suv osti kemasi va qiruvchi samolyotlar jo‘natgan. Rasmiy ma’lumotda ayni harakat “giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash doirasidagi amaliyot” tarzida izohlangan.

Tramp jurnalistlar savoliga javob berarkan, bu qaror “ikki sabab tufayli” qabul qilinganini ta’kidladi: birinchisi – Venesuela qamoqxonalaridan jinoyatchilar AQSHga kirib kelmoqda, ikkinchisi – giyohvand moddalar oqimi. – Biz buni dengiz orqali ham, quruqlik orqali ham to‘xtatamiz, – degan Amerika yetakchisi.

Venesuela rahbari Nikolas Maduro esa televideniye orqali chiqish qilib, AQSH bilan tinch munosabatni saqlab qolishga chaqirdi. U MRB rejalashtirgan davlat to‘ntarishiga yo‘l qo‘yilmasligi”ni ta’kidlab, “rejimni almashtirishga urinish Afg‘oniston, Iroq va Liviyadagi kabi fojialarga olib kelishi mumkin”, – dedi. Shuningdek, u mamlakat hududida harbiy tayyorgarlik mashqi o‘tkazishni buyurdi. Harbiylar, politsiya va fuqaro militsiyasi Karakas va Miranda shtatlaridagi strategik hududlarga joylashtirildi.

Tashqi ishlar vaziriligi Venesuela “AQSH Prezidentining MRBdan foydalanish to‘g‘risidagi bayonotini keskin rad etishi”ni ma’lum qildi.

– Karibda harbiy kuch to‘planishi Venesuelaga nisbatan tahdid va bosim siyosatidir, – deyilgan bayonotda.

AQSH rasmiylari ilgari Nikolas Maduroni “Quyosh karteli” deb ataluvchi giyohvand moddalar savdosi tuzilmasi bilan bog‘lashga uringan, Karakas esa bu ayblovni “asossiz” deya, inkor etgan.

Dilshod Hakimov, O‘zA