Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp Venesuela Prezidenti bilan telefon orqali gaplashdi
10:07 / 2025-11-30

AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘tgan hafta venesuelalik hamkasbi Maduro bilan telefon orqali gaplashdi, deb xabar tarqatdi “New York Times” gazetasi.

“xabardor manbalar”ga ko‘ra, Tramp va Maduro ikki tomonlama uchrashuv tashkil etish haqida gaplashgan, ammo muzokara uchun aniq reja tuza olishmagan. Darvoqe, qo‘ng‘iroqda Venesuela rahbarining ashaddiy tanqidchilaridan biri, davlat kotibi Rubio ham ishtirok etgan.

So‘nggi oylarda Amerika Venesuelani nishonga olib, Karib dengizidagi harbiy ishtirokini sezilarli darajada oshirdi. Vashington bundan ko‘zlangan maqsad giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashish ekanini aytgan. Shu bilan birga Maduroni hokimiyatdan, ehtimol, kuch bilan olib tashlash istagini ham istisno qilmagan.

Oktyabr oyida Maduro AQSHga mamlakat neft konlarida salmoqli ulush, shuningdek Amerika kompaniyalari uchun keskinlikni yumshatish bo‘yicha qator imkoniyatlar taklif qildi. Tabiiyki, u hokimiyatda qolishga harakat qiladi. Shundan keyin AQSH rasmiylari muzokarani to‘xtatdi. Keyinchalik Davlat departamenti Maduroni ma’muriyat tomonidan xorijiy terror tashkiloti deb topilgan “Cartel de los Soles” rahbarlari ro‘yxatiga qo‘shdi. 27 noyabr kuni Tramp giyohvand moddalar savdogarlarini hibsga olish amaliyoti quruqlikka ko‘chishini e’lon qildi.

S.Rahimov, O‘zA